2017 yil aprelida Stokholm markazida yuk maşinasida odamlarni bosib ketgan Rahmat Oqilov terrorçilikda ayblanmoqda. Bu haqda uşbu işni olib borayotgan, boş prokuror örinbosari Xans Irman 30 yanvarda matbuot anjumanda ma'lum qildi.
“Unga terrorçilik ayblovi e'lon qilindi. Mening vazifam u jamiyatimizda yana erkinlikda bölişiga yöl qöymaslikdan iborat. U Şvetsiyani IŞIDga qarşi global koalitsiyada iştirok etgani uçun jazolamoqçi bölgan”, deb aytgan Irman.
Ayblov tomoni ma'lumotlariga köra, özbekistonlik Oqilov 2017 yil yanvarda turli odamlarga IŞID nomidan terakt sodir etiş taklifi bilan xabarlar yozgan. Prokuratura buning isboti sifatida uning 20dan köproq odam bilan suhbati (çat) matnlarini keltirgan. Oqilov ötgan yil mart oyida “kofirlarni bosib ketmoqçiligini” va “Şvetsiya NATOni qöllab-quvvatlayotgani, Iroqqa harbiylar yuborayotgani va kurdlarni öqitişda iştirok etayotganini” yozgan.
Bunday suhbatlardan birida u Yevropada terakt sodir etmoqçiligini va xudkuş kamarini yiğmoqçiligini yozgan. Bundan taşqari, uning 3 apreldagi nomi ma'lum qilinmayotgan bir odam bilan çatida yuk maşinasini qanday topiş mumkinligini muhokama qilgan. Oqilov, şuningdek, özining qabih işini amalga oşiriş uçun öziga şerik topişga harakat qilgan.
Oqilov 2017 yil 7 aprelda Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlarni bosgança 550 metr yurib ötgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida 15 kişi yaralangan, 5 kişi halok bölgan.

















