Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:22 / 31.01.2018
15776
1 daqiqa o‘qiladi
«Arsenal» Obameyang transferini e'lon qildi. Klub uchun rekord
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang «Arsenal» futbolchisiga aylandi.
London klubi rasmiy saytida 28 yoshli ushbu gabonlik futbolchi klub uchun rekord narx evaziga sotib olinib, u bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilgani e'lon qilingan.
OAV xabariga ko‘ra, Obameyang uchun «Arsenal» «Borussiya»ga 55 mln funt (63 million yevro) to‘lagan, shuningdek, bonuslar va'da qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish