Vazirlar Mahkamasining 9.01.2018 yildagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini va O‘zbekiston Respublikasidan eksportini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 17-son qarori qabul qilindi.
Qaror 13.04.2018 yildan kuchga kiradi. Ushbu sanadan boshlab hozir amalda bo‘lgan, ushbu sohani tartibga soladigan Vazirlar Mahkamasining 11.11.2005 yildagi 247-son qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.
Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlar (bundan keyin – OM) turlarining yangilangan ro‘yxatlari tasdiqlangan:
1 - import va eksport qilish ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan mahsulotlar.
Amaldagi tahriri bilan solishtirganda undan, masalan, quyidagilar chiqarib tashlangan:
• aerozolli mahsulotlar: parfyumeriya, kosmetika va pardoz vositalari (TIF TN 33 guruhi), suvda eruvchi pigmentlar va bo‘yoq moddalarda tayyorlangan bo‘yoqlar va loklar (TIF TN 32 guruhi), maishiy moddalar (TIF TN 34 guruhi) va b.;
• izolyatsiyalovchi shchitlar, panellar va quvurlarning qoplamalari.
Ya'ni ushbu tovarlarni import/eksport qilish uchun ruxsatnomalar olish talab etilmaydi.
Shu bilan birga ro‘yxatga import-eksport qilish uchun ruxsatnoma bo‘lishi zarur ayrim tovarlar kiritildi. Ular orasida, masalan:
• oziq-ovqat tovarlari va ichimliklarni sotish uchun sovitish qurilmalari o‘rnatilgan savdo avtomatlari;
• boshqa kimyoviy mahsulotlarning TIF TN 38 guruhidagi aralashmalar.
2 – O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan.
Qaror jismoniy shaxslar tomonidan tarkibida OM bo‘lgan mahsulotlar o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish, notijorat maqsadlarida olib o‘tilgan va tadbirkorlik faoliyati uchun mo‘ljallanmagan holatlarga tatbiq etilmaydi.
OMni import/eksport qilishga ruxsatnoma olish
















