• ariza berilayotgan iqtisodiy sud nomi;
• chet davlat sudi yoki arbitraji nomi va uning joylashgan joyi hamda uning tarkibi;
• ishda ishtirok etayotgan shaxslarning nomi (FIO), ularning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi;
• tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida ariza beruvchi iltimosnoma kiritayotgan chet davlat sudi yoki arbitraji qarori to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
• chet davlat sudi yoki arbitraji qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida ariza beruvchining iltimosnomasi;
• ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
 
Arizaga tegishli hujjatlar paketi ilova qilinadi (IPKning 251, 252-moddalari). Bundan tashqari, alohida hujjatlar o‘zbek tilida tasdiqlangan tarjimasi bilan beriladi (masalan, qarorning o‘zi, u qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risidagi, qaror qisman ijroga qaratilganligi to‘g‘risidagi hujjat va boshqalar).
 
Beshinchidan, ariza sud majlisida ko‘rib chiqiladi, eng ko‘p muddati – hujjatlar iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e'tiboran 6 oy. Jarayon ishtirokchilari uning o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ish ular hozir bo‘lmaganda ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha iqtisodiy sud ajrim chiqaradi va belgilangan tartibda ijro harakatlarini amalga oshirish uchun ijro varaqasini beradi.