Kanadaning Toronto shahri politsiyasi 66 yoshli landshaftli dizayner Bryus MakArturni hibsga oldi, u bir necha kishini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi CNN.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, erkak o‘z qurbonlarining jasad bo‘laklarini o‘z ish joyidagi gul tuvaklari va klumba (to‘garak yoki boshqa biror shakldagi gulzor)da yashirgan.
MakArtur beshta qotillikda ayblanmoqda, biroq politsiyaning taxminiga ko‘ra, qurbonlar soni yana oshishi mumkin. Barcha o‘ldirilganlar 44-58 yoshlar oralig‘idagi erkaklar bo‘lishgan.
Ushbu shaxsni qotillikni sodir etishga nima majbur qilgani noma'lum.















