Pok qalbga zarra misol qoralik kelib tuşsa, u qattiq titraydi. Şu sababdan, öşa qalb sohibi darrov tavba qiladi, qilgan işidan qattiq puşaymon böladi. Ana şu istiğforlardan söng, qalbdagi qoralik tozalanadi va u yana avvalgi holatiga qaytadi. Agar kişi qalbiga qoralik tuşgan zahoti qilgan işidan puşaymon bölmasa, xulosa çiqarmasa, bilgan işidan qolmasa, qoralik tinmay tuşavergan qalb bora-bora qattiqlaşadi va heç narsadan ta'sirlanmaydigan bölib qoladi. Qalbi qattiq inson uçun gunoh işlar tabiiylik tusini oladi. Masalan, u birovlar haqini tap tortmay yeydi, oilasiga taşiydi, bolasiga yediradi. Hatto öşa haq norasida bolalarniki bölsa ham...

2017 yilning 30 sentabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgaça ta'lim tizimi boşqaruvini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 19 dekabrdagi Maktabgaça ta'lim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bağişlangan majlisida ham bu borada mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi. Farmon imzolanganiga, topşiriqlar berilganiga ham oylar böldi. Ammo bu sohada yana öşa loqaydlik, yana öşa közböyamaçilik, öğirlik, talon-toroj qiliş töxtamayapti, qaytanga davom etmoqda.

Masalan, joriy yilning 23 yanvar kuni Maktabgaça ta'lim vaziri A.Şin Toşkent şahrining Yunusobod tumanida joylaşgan MTM faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Ana şunda ma'lum böldi-ki, oşpaz 2-ovqatga berilişi lozim bölgan 35,22 kg göşt örniga 31kg göşt işlatgan. Mehmonlarning kutilmagan taşrifi uni esankiratgani bois, pişib turgan nöxatli bötqaga yana 4 kg xom göştni solib, közböyamaçilik qilgan.

Yana bir misol: 31 yanvar kuni Samarqand şahridagi 69-maktabgaça ta'lim muassasasida ötkazilgan navbatdagi örganişda ham xuddi şu holati kuzatilgan. Me'yor böyiça MTMdagi 297 nafar bolaning har biriga 100 gramm göşt mahsuloti, jami 29,7 kg göşt mahsuloti işlatilişi kerak edi. Tekşirişlar şuni körsatdiki, qozonga solingan haqiqiy göşt miqdori 3,7 kg.ni taşkil qildi. Toğoraga solingan xom göşt mahsulotining oğirligi 7.7 kg.ni, pişayotgan va xom göştni qöşib hisoblaganda, esa jami 11,4 kilogrammni taşkil qildi. 17,6 kilogramm göşt urib qolingani ayon böldi.