Gvatemalada xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan mayya hindularining avval noma'lum bölgan köplab inşootlari, jumladan, ehromlar, saroylar va töğonlar topildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bu topilma yerga kirib boruvçi lazer tufayli röy berdi.
Alohida obektlarning joylaşuvi olimlarga Mayya hindularining önlab şaharlari xomaki xaritasini tuziş imkonini berdi. Inşootlarni bir neça asr davomida qalin junglilar yaşirib turgan.
Arxeologlar lidar texnologiyasidan foydalanişdi (ingliz. LIDAR — Light Identification Detection and Ranging — nur yordamida aniqlaş, identifikatsiya qiliş va masofani belgilaş). Olimlar lazer nuridan foydalangan holda avval noma'lum bölgan inşootlar batafsil sxemasini tuzib çiqişdi.

















