11:34 / 02.02.2018
38562

IIV Namanganda fohishaxona mijozlarini haydagan ayol kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fohishaxona mijozlarini haydagan ayol kaltaklab o‘ldirildi” sarlavhasi bilan tarqatilgan Namangan  shahrida fohishaxonaga kelganlarni haydagani uchun kaltaklangan ayolni kasalxonada hayotdan ko‘z yumgani haqidagi maqola o‘z tasdig‘ini topmadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.  

Qayd etilishicha, 2018 yilning 23 yanvar kuni soat 11:06 da, Namangan shahar IIB Navbatchilik qismiga, Namangan shahar 4-kichik tuman 40-uy kirish yo‘lagida, fuqaro T.O.ning yiqilib tushib, tan jarohati olganligi yuzasidan xabar kelib tushgan. Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, surishtiruv harakatlari o‘tkazilgan. 40-uyda yashovchi fuqarolar baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan vaqtda hech qanday shovqin yoki urush-janjal holatini kuzatmaganliklari haqida ko‘rsatmalar berishgan. Shifokorlar tomonidan T.O.ga gipertoniya kasalligi hisobiga, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir gemmoragik turida buzilishi, bosh miya chap yarim sharlari miya ichi va bosh miya o‘ng yarim sharlari yon qorincha insult gematomasi tashxisi qo‘yilib, ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan T.O. shu yilning 30 yanvar kuni kasalxonada vafot etgan.

Maqolada Namangan shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan bog‘lanib, xodimlar voqeani tasdiqlangani holati ham yolg‘onligi aniqlandi.

Shuningdek, maqolada keltirib o‘tilgan bir ayol 6-mikrorayonda fohishaxona tashkil qilgani, mahalla yoki uchastka nozirlari undan ulush olib, indamasliklari holati yuzasidan nazarda tutilgan H.Yu.ga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda maqola tarqatilishidan ancha ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.Yu. besh yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Top