«Barselona» Ispaniya kubogi yarim finali ilk uçraşuvida «Valensiya» ustidan ğalaba qozondi. Bellaşuv «Kamp Nou» stadionida ötkazildi.
Bahsdagi yagona gol kök-anorranglilar markaziy hujumçisi Luis Suares tomonidan 67-daqiqada kiritildi. Bu holatda urugvaylikning jamoadoşi Lionel Messi muhim örin tutdi, u hujumni çap qanot böylab boşlab, töpni darvozaning uzoq ustuniga aniq uzatib berdi.
«Valensiya» va «Barselona» örtasidagi javob uçraşuvi 8 fevral kuni «Mestalya» stadionida bölib ötadi.
Barselona – Valensiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67 Suares.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleiş Vidal (Koutino, 58), Rakitiç (Paulino, 68), Serji Roberto, Buskets, Inesta (Pako Alkaser, 73), Messi, Suares.
Valensiya – Domenek, Ruben Vezu, Gayya, Montoyya, Gabriel, Soler (Ferran Torres, 76), Parexo, Koklen, Pereyra (Maksimoviç, 46), Vetto, Rodrigo (Santi Mina, 81).
Ogohlantirişlar: Serji Roberto (35), Pereyra (40), Vetto (51), Soler (53).

















