Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradonaga AQShga kirish vizasi berish rad etildi – OAV
Argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradonaga AQSh prezidenti Donald Tramp haqida nomaqbul gaplar aytgani uchun AQShga kirish vizasi berish rad etildi. Bu haqda Maradonaning huquqshunosi Matias Morlaga iqtibos keltirgan holda Ispaniyaning As nashri xabar berdi.
Maradona yaqinda Argentina televideniyesiga bergan intervyusida Trampga arzimas narsa yoki hodisalarni ifodalashda qo‘llanuvchi “chirolita” – “qo‘lda o‘ynatiluvchi qo‘g‘irchoq” deb ta'rif bergan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Maradonaning aynan shu so‘zlari uning AQShga kirishi rad etilishiga sabab bo‘lgan, vaholanki u barcha hujjatlarni vaqtida va barcha qoidalarga muvofiq topshirgan.
“Biz vizani deyarli olganimizda, men “Diyego, iltimos AQSh haqida hech narsa dema”, deb ogohlantirgandim”, deb aytdi Morla.
Nashrning ta'kidlashicha, Maradona AQShga sobiq rafiqasining ishi bo‘yicha sud yig‘ilishida ishtirok etish uchun mart oyida bormoqchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026