Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyat hokimining yangi o‘rinbosari tayinlandi
Foto: KUN.UZ
1 fevraldan e'tiboran, Otabek Boboyev Samarqand viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Otabek Burhonovich Boboyev 1973 yilning 1 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan.
2002 yilda Samarqand davlat universitetini (2004 yilda magistr) tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (magistr) tinglovchisi. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi, tashqi iqtisodiy munosabatlar.
U mehnat faoliyatini Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman «Matlubotsavdo» aksionerlik jamiyatida boshlagan. 1991-1994 yillarda Samarqand oliy tijorat kollejida o‘qigan.
Shundan so‘ng «O‘zmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasiga qarashli «Shahrisabz-konserva» aksionerlik jamiyatida ta'minotchi-muhandis, «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat bo‘limida ijrochi direktor, Qashqadaryo viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi marketing markazida sho‘'ba mudiri vazifalarida ishlagan.
Samarqand viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida tashqi iqtisodiy aloqalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, viloyat iqtisodiyot boshqarmasi hududlarni kompleks rivojlanishining monitoringi, tahlil va yig‘ma bo‘limida boshliq o‘rinbosari, viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasida boshliq lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026