Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: yadro doktrinasi AQSh diplomatlariga kuch pozitsiyasidan gapirish imkonini beradi
Amerikaning yangi doktrinasi amerikalik diplomatlarga kuch pozitsiyasidan gapirish imkonini berishi kerak. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Patrik Shenaxan ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz har kuni Mudofaa vazirligida o‘zimizdan so‘raymiz: «Diplomatlarimizga ular har doim kuch pozitsiyasidan gapirishi uchun qanday dastakni berishimiz mumkin?» Milliy yadro doktrinasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlangan milliy mudofaa strategiyasi – bizning javobimiz», - deya aytib o‘tdi Shenaxan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyani qurol-yarog‘lar ustidan nazorat bo‘yicha bitimlarni buzishda ayblagandi.