«Özbekiston Respublikasi Markaziy banki töğrisida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublikaning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlaş va ularni boşqariş belgilangan. Bu haqda Markaziy bank rasmiy veb-sahifasida ma'lumot berilgan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblaş uslubi Xalqaro valyuta jamğarmasi standartlariga muvofiq amalga oşirilmoqda. Oltin-valyuta zaxiralari valyuta aktivlari va quyma monetar oltindan iborat.

Samarali boşqaruv maqsadida Markaziy bank tomonidan hali yalpi ham sof oltin-valyuta zaxiralarining alohida hisoblari olib borilmoqda.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boşqaruvi organlari (moliya vazirligi, tiklaniş va taraqqiyot fondidan taşqari) ning Markaziy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablağlarini hisobga olmaydi, bu Markaziy bankning mazkur taşkilotlar oldidagi majburiyati hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi oltin-valyuta zaxiralari