Mudofaa vazirligi Özbekiston Respublikasining barça viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida işonç telefonlarini joriy qildi. Vazirlik matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi. 

Taqdim etilgan jadvalga köra, har bir viloyat, şahar, tuman tasnifida Mudofaa vazirligining işonç telefonlari xizmat körsatadi. 

Ta'kidlaş joizki, işonç telefonlarining işlamasligi yoki fuqarolar bilan qöpol munosabatda böliş, ularni qabul qilmaslik va boşqa holatlar, şuningdek harbiy xizmatga doir yuzaga kelgan murojaatlar böyiça bevosita Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining (0371) 269-84-23 yoki (0371) 269-84-00 raqamlariga murojaat etiş mumkin.