Jahon | 08:37 / 05.02.2018
2814
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorliklar prezidentning qayta saylanish huquqini cheklashdi

Foto: AP Photo/Dolores Ochoa

Ekvador fuqarolari referendumda istalgan davlat lavozimi, jumladan prezidentlikka cheklovlarsiz qayta saylanishga ruxsat beruvchi normani bekor qilish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdi. Bundan yakshanba kuni e'lon qilingan dastlabki yakunlar darak bermoqda. 

Tashabbus uchun saylovchilarning 67,64 foizi ovoz bergan bo‘lsa, 32,36 foizi – qarshi. Mahalliy Televicentro telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, gap ilgari surilgan taklif qo‘llab-quvvatlaganiga oid tendensiya haqida ketmoqda, biroq hisob-kitob jarayonida u o‘zgarishi ham mumkin. Referendumda saylovchilarning 74,8 foizi qatnashdi.

Ovoz beruvchilarga yettita turli savolga javob berish taklif etildi, ular asosiy qonunga tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. Ulardan birida shunday deyilgan: "Siz Ekvador Respublikasi konstitutsiyasiga hokimiyatning barcha vakillari bir lavozimga bir martadan ko‘proq saylana olmasligiga oid tuzatish kiritishni xohlaysizmi?". 

Ekvador prezidenti Lenin Morenoning fikricha, ushbu referendum yakunlari demokratiyaning g‘alabasidan darak beradi. U bu haqda yakshanba kuni aytib o‘tdi.

"Bugun demokratiya g‘alaba qozondi. "Ha" javobi g‘alabasi – bu mamlakat g‘alabasi. Bu referendum bizning umumiy ishga aylandi, u bizni yuraklarimiz bilan ovoz berishga majbur qildi", - dedi siyosatchi. "Barcha xalqimiz ovozini hurmat qilishga majbur va ushbu g‘alabani e'tiborga olgan holda harakat qilishi lozim", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan u.

Morenoning so‘zlariga ko‘ra, Ekvador Milliy assambleyasi (parlament) yaqin 30 kun ichida referendumda qabul qilingan tuzatishlarni konstitutsiyaga kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid