Qirğizistonda Duyşenkul Şopokov xotirasiga bağişlangan xalqaro turnir bölib ötdi. 

Hisob böyiça 41-bor taşkil etilgan musobaqaga Özbekiston boks federatsiyasi terma jamoaning uçinçi - zaxira tarkibini jönatdi. Bişkekka 10 nafar boksçi bilan yöl olgan jamoa yakunda ikkinçi örinni egalladi.

Özbekistonlik 4 boksçi finalga çiqdi va ulardan uç nafari oltin medalni qölga kiritdi. Yana ikki sportçi esa bronza uçun janglarni öz foydasiga hal qildi.

Finalda 52 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Fozil Abdumurodov, 69 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida Fazliddin Meliboyev, 91 kilogrammdan oşiq vazn toifasida Obidjon Tohirov öz janglarida ğalaba qozondi. Ularning barçasiga finalda qirğizistonlik raqiblar tuşgandi.

Nodir Mirzaahmedov (-49 kg) finalda imkoniyatni boy berib qöydi. Oybek Jörayev (-56 kg) va Bahrom Fozilov (-81 kg) esa bronza uçun janglarda ğolib böldi.

Jami 146 nafar boksçi iştirok etgan turnirda Qirğiziston termasi yuzga yaqin sportçisi bilan qatnaşdi. Turnirda Qirğiziston va Özbekistondan taşqari, Rossiya, Tojikiston va Qozoğistondan ham vakillar qatnaşdi. Yakunda mezbonlar 7ta oltin, 8ta kumuş va 10ta bronza medalga ega böldi. Tojikiston va Qozoğistonning natijasi teng böldi: 1ta oltin, 1ta kumuş va 2ta bronza. Rossiyaliklar turnirdan medalsiz qaytgan.