Sport | 18:30 / 07.02.2018
24609
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksis Sanchesga 16 oylik shartli qamoq jazosi berildi

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Aleksis Sanches Kataloniyaning «Barselona» klubi safida to‘p surgan vaqtlarida 1 million yevro miqdorida soliqlarni to‘lamaganini tan oldi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, chililik futbolchi 2012/13 yilgi mavsumda o‘zining imij huquqini sotish orqali topgan pullarini soliqdan yashirgan va ofshor hududidagi hisob raqamlarida bu pulni saqlagan. Sanchesga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi, ammo Ispaniyada bu moddaga ko‘ra belgilaniladigan jazolarning 2 yilgacha muddatda bo‘lsa u shartli qamoq jazosi bo‘ladi.

29 yoshli futbolchi endi 2 yil davomida bu qonun buzilishini to‘g‘irlashi va soliqlarni qaytarib to‘lashi kerak. Shunda u jazodan ozod qilinadi.

Mavzuga oid