Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda hashamatli avtomobillar temir-tersakka aylantirildi
Filippin hukumati o‘tgan yil bojxona tomondan musodara qilingan 20 taga yaqin qimmatbaho mashinani yo‘q qildi. Buldozer tomondan temir uyumiga aylantirilgan mashinalar orasida Lexus, BMW, Mercedes-Benz, Audi, Jaguar va Chevrolet Corvette Stingray modellari bo‘lgan. Mamlakat rahbari Rodrigo Duterte shu yo‘l bilan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi munosabatini bildirgan, deb yozmoqda Reuters axborot agentligi.
Bojxona nazorati byurosi tashkil etilganining 116 yilligi nishonlanishi vaqtida yo‘q qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 1,2 mln dollarni tashkil qiladi. Dutertening buyrug‘i bilan bu mashinalar temir-tersak yig‘uvchilarga berilgan.
“Mansabdor shaxslarni pora berib sotib olish orqali soliqdan qochmoqchi bo‘lganlarga bir narsa aytmoqchimiz – uddasidan chiqa olmaysiz”, deb aytgan mamlakat moliya vaziri Karlos Dominges.
Filippin bojxonasi umumiy hisobda 2017 yilda mamlakatga noqonuniy olib kirilgan 2,93 mlrd dollarlik avtomobillarni musodara qilgan.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026