Toşkent davlat agrar universiteti Xitoy xalq respublikasining Şinjon Agrar universiteti bilan imzolangan memorandum asosida ToşDAU qoşida Konfutsiy institutini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

Konfutsiy instituti davlat öquv muassasasi sanalib, Xitoy davlati universitetlari va boşqa davlatlardagi universitetlar hamkorligida tuziladi. Bugungi kunda dunyo böylab 500 dan ortiq “Konfutsiy institut”lari faoliyat yuritmoqda. Ularning maqsadi dunyoga Xitoy tilini va Konfutsiy falsafasini tarğib etişdan iborat.

Ammo aynan qişloq xöjaligi yönalişida Konfutsiy instituti taşkil etilişi dunyo tajribasida bölmagan va ilk bor Toşkent davlat agrar universiteti qoşida taşkil etiladigan bu institut ikki davlat oliy ta'lim muassasalari örtasida qişloq xöjaligida ta'lim va ilm-fan sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni yaratişga kömaklaşadi.

Konfutsiy institutini Toşkent davlat agrar universiteti qoşida taşkil etilişidan asosiy maqsad universitetning iqtidorli talabalari Xitoy universitetlarida qişloq xöjaligi sohasida ta'lim olişlari, professor-öqituvçi va talabalarni almaşinuvini amalga oşiriş, qişloq xöjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot işlarini hamkorlikda amalga oşirişdan iborat böladi.

Ilmiy-tadqiqot hamkorlikni kengaytiriş maqsadida joriy yilning yanvar oyida Şinjon Qişloq xöjaligi akademiyasi qoşidagi “Boğdorçilik” instituti rahbar xodimlari universitetga taşrif buyurdi. Taşrif davomida ikki tomonlama memorandum imzolandi va “Özbekiston şaroitida unabi yetiştirişda xitoy texnologiyalarini qöllaş” mavzusi böyiça loyihani 2018 yil aprel oyidan boşlab universitetning eksperimental-tajriba stansiyasida amalga oşiriş rejalaştirildi.

Bundan taşqari, universitet olimlari Şinjon qişloq xöjaligi universiteti olimlari bilan joriy yilda yana ikkita yirik - “Ğözani biologik himoya qilişda Xitoy texnologiyalarini qöllaş” va “Stressga çidamli qişloq xöjaligi ekinlari genofondini yaratiş” loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirildi. Uşbu loyihalar joriy yilda XXR Fan va Texnologiyalar kömitasi va Özbekistonni Innovatsion rivojlantiriş vazirligi tomonidan moliyalaştiriladi va amalga oşiriladi.

Konfutsiy institutini Toşkent davlat agrar universiteti qoşida taşkil etiş böyiça muzokaralarni olib boriş maqsadida universitetga 2 fevral kuni Özbekistonning XXR dagi favqulodda va muxtor elçisi Baxtiyor Saidov taşrif buyurdi va universitet rektori, akademik Botirjon Sulaymonov bilan uçraşdi. Uçraşuvda Şinjon qişloq xöjaligi universiteti vakillari ham iştiroq etişdi.