Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6 fevral kuni qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Abdujabbor Abduvohidov avval Markaziy saylov komissiyasining a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Komilovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
12:12 / 03.06.2025