Özbekiston va Qirğiziston yangi qöşma korxonalar oçiş uçun salohiyatga ega. 8 fevral kuni Qirğiziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov Özbekiston taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev bilan uçraşuv davomida şu haqda aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, buning uçun ikki davlat işbilarmon doiralari bilan muntazam ravişda idoralararo uçraşuvlar ötkaziş kerak.
«Bizning vazifamiz şundan iboratki, biznes bizning qöşma bozorlarimizdagi işida erkinlik sezişi kerak. Umid qilamizki, özbekistonlik hamkasblar öz hududlarida Qirğiziston biznesining manfaatlarini qöllab-quvvatlaydi. Biz ham özbek sarmoyadorlari va tadbirkorlarini qöllab-quvvatlaymiz», - dedi u.
A.Novikovning qöşimça qilişiça, mintaqaviy va çegaraoldi hamkorlik doirasida katta salohiyatlar mavjud.
«Prezident Sooronbay Jeenbekov 2018 yilni mintaqalarni rivojlantiriş yili deb e'lon qildi. Şu munosabat bilan, çegaraoldi savdosi salohiyatini oşiriş va şart-şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan sa'y-harakatlar kuçaytirilmoqda», - dedi vazir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vaziri Jamşid Xodjayev boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi işçi guruhining Qirğiziston Respublikasiga rasmiy taşrif bilan borişi xabar qilingandi.

















