Amerikalik adabiyotşunos olim, şoir va yozuvçi Denis Deli Alisher Navoiyning 21 ğazalini ingliz tiliga tarjima qilib, kitob holida naşr ettirdi. Navoiy tavalludining 577 yilligi arafasida tarjimon bilan suhbat qurildi.

Alisher Navoiy ijodiga Ğarb dunyosining qiziqişi hamon davom etib kelmoqda. Navoiy ijodining bir qatrasini kaşf etgan xorijlik borki, öz hayratlarini yaşira olmaydi. Tezroq Navoiy haqida zamondoşlariga xabar bergisi, uni öz ona tiliga ögirgisi kelaveradi. Navoiy ğazaliyoti bilan yuzlaşgan Ğarb madaniyati vakillari borki, uni - ijodi yuksak, takrorlanmas şoir ekanini e'tirof etadi. Amerikalik islomşunos olim Barri Xoberman “Saudi Aramco World” jurnalida çop etilgan “Chaucer of Turks” nomli maqolasida Navoiyni Şarq uyğoniş davri asosçilaridan biri sifatida e'tirof etadi. Germaniyaning Frayye universiteti simpoziumida öqilgan ma'ruzalar asosida taşkil etilgan “Mir Alisir Nawai” nomli töplamga kiritilgan Z.Klaynmihelning “Navoiy-benavo” nomli 300 sahifali maqolasida Navoiy ijodidan olgan hayratlarini bir maqola içiga joylaş ilojsiz iş. Navoiyning Sabba'i-Sayyor asari asosida italiyalik Maykl Tramezzino tomonidan 1557 yilda yaratilgan va dunyoning bir neça tillariga qayta-qayta tarjima qilingan “Sarandipning uç şahzodasi” asarini tadqiq qilgan amerikalik şarqşunos Riçard Boyl bu asarni Yevropa Uyğoniş davrining şoh asari deb ataydi. Özbekistonga kelib, Alisher Navoiy ijodini örgangan va uning “Lison-ut-tayr” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan kanadalik Harri Dik Navoiyga “Dunyoni ma'naviy tanazzuldan qutqara oladigan köngil boğining boğboni” deya ta'rif beradi. Sönggi yillarda xorijliklar tomonidan Navoiy asarlari birin-ketin tarjima qilinib çop etilmoqda. Bular qatoriga Navoiy ğazaliyotining polyak tiliga tarjimoni Yanuş Kjijovskiy, ukrain tiliga tarjimoni, şoir Nikolay Bajanning “Farhod va Şirin” dostonining tarjimalarini kiritiş mumkin. Biroq, bu buyuk şoir ijodining bir deboçasi xolos. Navoiy ğazallarini ingliz tiliga tarjima qilayotgan jur'atli özbek tarjimonlari safi kengaymoqda, xususan, A'zam Obidov, Qosimboy Ma'murov, Dinara Sultonova, Aida Bumatova şular jumlasidan. Biroq, endilikda qilingan tarjimalar xorijlik muharrir tahriridan ötib, töplam holida naşr etilişi, eng asosiysi, ular xorijiy davlatlarga tarğib etilişi kerak. Zero, özbek tarjimaşunoslari ğazal asliyatidagi ma'no va badiiyatning tarjimada qayta yaratilgan yoki yöqligiga baho berişi mumkin, ammo, tarjima tilining silliq va xorijlik retseptor uçun öqişliligiga eng odil bahoni xorijiy til egasigina bera oladi. Ötgan yili Amerikaning Massaçusets ştati, Salem şahrida istiqomat qiluvçi adabiyotşunos, yozuvçi va şoir Denis Deli tomonidan tarjima qilinib, 2016 yilning dekabr oyida AQŞ Cervena Barva Press naşriyotida çop etilgan “Twenty one Ghazals by Alisher Navoiy” deb nomlangan kitob sotuvga çiqarildi. Mazkur mö'jazgina töplam muallifning beşinçi kitobi bölib, köplab nufuzli röznoma va naşriyotlarda muharrirlik qilib kelgan Denis Deli endilikda ijodkor va tarjimon sifatida badiiy asar va tarjimalar ham naşr ettirmoqda. Töplam xorijliklar tomonidan katta qiziqiş bilan qarşi olindi. Kitob bugungi kunda amazon va boşqa saytlar orqali xorijliklar hukmiga havola etilgan. Ma'lumki, Alisher Navoiy ğazallarida badiiy tasvir rango-rangligi kuzatiladi. Deli tarjimalarida tagma'no va köp sonli tasvirning ayrimlarini uçratsangiz-da, tarjimalar nihoyatda öqişli çiqqan, eng muhimi xorijliklar Navoiyni kaşf etişmoqda, bu tarjimalar orqali şoir şe'riyati ularga ma'qul kelmoqda.
















