AQŞning Floridasida yaşovçi Jyeyson Kolonning xabar qilişiça, Apple AirPods quloqçinlaridan biri maşğulotlar vaqtida portlab ketgan. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.

Kolon öng quloğidagi, musiqa ijro etilayotgan simsiz quloqçini oq tutun çiqara boşlaganida fitnes-klubda sport bilan şuğullanayotgan bölgan. Erkak uni quloğidan çiqarib, trenajyorda qoldirgan va ma'muriyat xodimiga yordam sörab murojaat qilgan. U qaytib kelganida esa, qurilma portlab ketib bölgan – Kolonning ma'lum qilişiça, quloqçinda olov izlari qolgan.

Bu Apple AirPods kutilmaganda portlab ketişi kuzatilgan ilk şunday holatdir. Kompaniya suriştiruv ötkaziş va hodisaga nima sabab bölganini aniqlaşga va'da berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq iPhone X egalari qönğiroqlarni qabul qilişda muammolarga uçrayotganlaridan şikoyat qilişgandi.