Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi yangi qabul qilingan qonun böyiça ayrim tuşuntirişlar berdi. Xususan, vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “endi maşina boşqarayotganda ham telefondan foydalaniş mumkin” yoki “rulda bölgan holda telefonda gaplaşişga ruxsat berildi” va şunga öxşaş xabarlar böyiça munosabat bildirdi.
Ta'kidlanişiça, qonun bilan haydovçilar transportni boşqarişda telefondan faqat bluetooth, quloqçin va boşqa qölni band qilmaydigan garnituralar orqali foydalanişga ruxsat berildi, biroq bu harakat vaqtida qölni band qilgan holda telefondan bevosita foydalanişga yoki unda gaplaşişga ruxsat berilganini anglatmaydi.
Qöşimça qilinişiça, qonun bilan maşina salonining old qismiga monitor (displey) örnatişga ruxsat berilgani – bu monitorda tele- yoki videodasturlarni tomoşa qilişga ruxsat berildi, degani emas. Ya'ni qonunda monitor örnatganlik uçun avval mavjud bölgan javobgarlikni bekor qiliş nazarda tutilgan. Şu bilan birga, transport vositasini boşqariş paytida monitordan tele- yoki videodasturlarni tomoşa qiliş maqsadida foydalanganlik uçun javobgarlik saqlanib qolayotgani bildirildi.
Vazirlikning izoh berişiça, salonning old qismidagi monitordan faqat yönalişni aniqlaş yoki GPS qurilma sifatida foydalaniş mumkin.
Ma'lumot uçun, MJtK 128-1-moddasiga köra, harakat vaqtida qöşimça uskunalarsiz, qölni band qilgan holda telefondan bevosita foydalaniş BHMning 3 baravari (810 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, MJtK 128-2-moddasiga köra, transport vositasini boşqariş paytida monitordan tele- yoki videodasturlarni tomoşa qiliş maqsadida foydalaniş BHMning 1 baravari (270 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Eslatib ötamiz, yangi qonun bilan:
- transport old qismiga monitor örnatganlik uçun javobgarlik bekor qilindi;
- haydovçilar transportni boşqarişda telefondan quloqçinlar orqali va qöllarini işlatmasdan gaplaşiş imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanişi mumkin böldi;
- 4 turdagi huquqbuzarlik (transport vositalari egalari tomonidan suğurta polisini olmaganlik yoki muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqarganligi; yölovçilarni litsenziyasiz taşiş bilan şuğullanganlik; pasport tizimi qoidalarini buzganlik; fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy olganlik yoki ötkazganlik) uçun jarima miqdori kamaytirildi;

















