Apple Watch aqlli soatlarining neyrotarmog‘i diabetni 85 foizga to‘g‘ri tashxislamoqda

Foto: Engadget
San-Frantsiskodagi Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot Cardiogram startapi tomonidan ishlab chiqilgan neyrotarmoq diabetni 85 foizga to‘g‘ri tashxislash imkonini berishini ko‘rsatdi. Undan foydalanish uchun tibbiy asbob-uskunalarga hojat yo‘q — Apple Watch aqlli soatlari bo‘lsa bo‘lgani. Engadget shu haqida xabar berdi.
Manbada xabar berilishicha, sun'iy intellekt kasallik belgilarini aniqlash uchun insonning yurak urishiga doir ma'lumotlardan foydalanadi. Cardiogram neyrotarmoqni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishda 14 mingdan ziyod kishining ma'lumotlarini tahlil qildi. Shundan so‘ng qo‘l va avtomatik fazalarni o‘zida uyg‘unlashtirgan murakkab o‘rganish jarayoni kechdi. Natijada sun'iy intellekt diabetni aniqlash bo‘yicha juda yuqori natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, neyrotarmoq xolesterinning yuqori darajasi, gipertoniya va uyqudagi apnoe kabi sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muammolarni ham aniqlay oladi.
Neyrotarmoq yurak urishini hisoblovchi datchikka ega har qanday olib yuriluvchi qurilmaga integratsiya qilinishi mumkin, masalan, Apple Watch yoki fitnes-trekerlarga. Cardiogram kelgusida bunday gadjyetlarning yangi modellarida glyukoza va qon bosimi datchiklari paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45
-
Andijonda Bobur shahri paydo bo‘ladi
O‘zbekiston | 19:42
-
AQSh Rossiyaning Sumiga zarbasini qoralovchi G7 rezolyutsiyasini blokladi
Jahon | 19:41
-
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:39
Mavzuga oid

03:06 / 26.03.2025
Olimlar saraton va diabetni davolashda gen terapiyasining asosiy to‘sig‘ini bartaraf etdi

17:43 / 22.03.2025
Apple buklanuvchan va ikki ekranli Apple Watch uchun patent oldi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

00:10 / 25.12.2024