Atrofimizda uçrab turgan ayrim vaziyatlar şunçalar qiziqki, unda fuqaroning şaxsiy mol-mulki tortib olinsa ham heç qaysi taşkilot «​pinagini ham buzmaydi»​. Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan murojaat muallifi qonuniy yöl bilan sotib olgan uyini özgalar egallab olgani haqida yozadi.

Gap şundaki, Qaşqadaryo viloyatida istiqomat qiluvçi Akmal Milikov 2010 yil 10 noyabrda Şahrisabz tumani «Yangiqişloq» massivida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan birini xarid qiliş uçun «Qişloq qurilişi invest» IK Qaşqadaryo filialiga murojaat qilgan. Akmal kompaniya mutasaddi vakillari bilan dastlabki şartnomani tuzib, massivda qurilişi nazarda tutilgan 6 dona 5 xonali uylardan birini sotib olişni niyat qilgandi. Örnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylaştirgan Milikov uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib oliş maqsadida dastlabki badal tölovini bajariş uçun «Qişloqqurilişbank» Qaşqadaryo viloyati filialida 23 million 250 ming söm mablağni şakllantirgan.

Oradan biroz muddat ötib, Lobar Norboyeva ham xuddi şu massivda uy olişni istab, kompaniya bilan şartnoma tuzadi. Dastlabki şartnomadan tortib to kadastr hujjatlari tayyorlangunga qadar Lobar 4 xonali uy-joyni xarid qiliş uçun imzo çekdi. Akmal Milikov şartnomada körsatilgan talabga köra, 5 xonali uy-joyning umumiy bahosidan kelib çiqib, 25 foiz mablağni, ya'ni 2010 yil 19 noyabrda 23,2 million söm mablağni bankka tölagan. Oradan qariyb bir oy ötib, Lobar ham dastlabki tölov badalini şakllantiradi.

Barça muammo ana endi boşlandi: uy-joy qurib bitkazilişi bilan Lobar Norboyeva Akmalning 5 xonali uyiga ega çiqdi. Mantiqqa zid bölsada, qayta takrorlaymiz: 4 xonali uy-joyni sotib olişga şartnoma qilgan Lobar biroz muddat ötib Akmalning nomiga qonuniy rasmiylaştirilgan 5 xonali uyning baxtli sohibasiga aylandi-qoldi.

Garçi «Qişloq quriliş invest» IK vakillari barça hujjatlar asosida 5 xonali uy Milikovga tegişli ekanini, u öz vaqtida kredit summasini söndirib kelişi, kadastr hujjatlari ham uning nomiga rasmiylaştirilganini ta'kidlasada, Lobar Norboyeva boşqa «yeçim» bilan sudda ​yutib çiqdi​.

Emişki, «Qişloq quriliş invest» IK vakili B.Hasanov böş şartnoma blankalarining ostiga Akmal va Lobarga imzo qöydirgan, keyinçalik ularning roziligisiz şartnomani töldirib, bilmasdan adaşgan holda Akmalga 5 xonali uy, Lobarga 4 xonali uyni yozib qöygan. B.Hasanovning tergovda bergan körsatmasiga köra, aslida teskarisi, ya'ni Lobarga 5 xonali, Akmalga 4 xonali bölişi kerak bölgan ekan. B.Hasanovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi 2016 yil 31 mayda Kitob tuman IIB qarori bilan javobgarlikka tortiş muddati ötib ketganligi sababli JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga köra, harakatdan tugatilgan. Soddaroq qilib aytganda, «şartnoma töldirişda adaşgan» mutasaddi vakil jazoga tortilmay qolavergan.