AQŞda gripp tufayli kamida 63 nafar bola hayotdan köz yumdi. Bu haqda Fox News mamlakat hukumati huzuridagi kasalliklarni nazorat qiliş va ogohlantiriş böyiça markaz ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, joriy gripp mavsumida şifoxonalarga yotqiziş darajasi 2014-2015 yilgi qiş mavsumi körsatkiçlaridan oşib ketdi. Öşanda ham kasalxonalarga juda köplab bemorlar olib borilgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞda gripp epidemiyasi sababli 11 ştatdagi maktablar yopilgani xabar berilgandi.












