Amerikalik şifokorlar 11 yoşli bolaning qölida dengiz şilliqqurti ösib çiqqanini aniqlaşdi. Şilliqqurt bolaning qöliga u suv havzasida yaralanganda tuşgan. Avval tibbiy adabiyotlarda hujjatlaştirilmagan bu noyob hodisa haqida şifokorlar BMJ jurnalida sözlab berişgan.
Şilliqqurt şifokorlar bola qölidagi yiringlab ketgan yarani yorib körişmagunça, unda sekin-asta ösib borgan. Yara yorilganda şilliqqurt ölçami 4 millimetrni taşkil qilgan.
Bolaga şilliqqurtni özida saqlab qolişga ruxsat berişgan, biroq şilliqqurt bir kundan keyin nobud bölgan.
Şifokorlarning ta'kidlaşiça, bu holat yiringli yaralarni yoriş va undan yiringni çiqarib taşlaş hamda kelgusida bunday holatlarni kuzatiş uçun kasallik tarixini sinçkovlik bilan örganiş muhimligini isbotlaydi.















