Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot quladi
Moskvadan Orskka uchgan AN-148 rusumli samolyoti Podmoskoveda, Ramensk rayoni hududida qulab tushdi. Bu haqda «Interfaks» agentligi favqulodda xizmatlarga asoslanib xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, Moskva vaqti bilan soat 15:10da samolyot radarlardan yo‘qolgan. U «Domodedovo» aeroportidan havoga ko‘tarilgandi. Uning bortida 65 nafar yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu samolyot «Saratov avialiniyalari» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, samolyotdagilarning omon qolganiga umid yo‘q.
Ayni vaqtda tegishli xizmatlar hodisa sabablarini o‘rganmoqda. TASS ma'lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilar samolyot qulagani aytilayotgan hududga yo‘l olgan.
Mash xabariga ko‘ra Ramenskdagi Argunovo qishlog‘i yaqinida halokatga uchragan havo kemasining ilk qoldiqlari topilgan.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026