2017 yilning sentabr oyida Özbekistonning Andijon viloyati va Qirğizistonning Öş viloyatlarini boğlab turuvçi «Döstlik» çegara posti oçilib, ikki tomon vakillari çegara postidan 24 soat davomida şaxsni tasdiqlovçi hujjat asosida bemalol ötiş imkoniga ega bölgandi.
Hozirda mazkur postdan kuniga minglab kişilar turli yumuş, savdo-sotiq yuzasidan ötib kelmoqda. Savdo-sotiq masalasiga oydinlik kiritib ötadigan bölsak, çegara postidan Qirğiziston tomonga ötadiganlarning katta qismi Qorasuv bozoridan özimizda sotiş uçun turli tovarlar olib kelişadi.
KUN.UZ tahririyatiga yuborilgan murojaatda sönggi kunlarda Qirğiziston tomonidan qaytib ötiş çoğida katta navbatlar yuzaga kelayotgani töğrisida aytilgan.

«Qaytib ötayotganimizda, qöşni davlat çegara va bojxona xizmati postida uç-tört soatlab navbat kutyapmiz. Navbatda turganimizda davlat xizmatçilarining «hojatbaror» yordamçilari paydo böladi va 5 ming sömdan 40 ming sömgaça bölgan miqdordagi summaga benavbat ötkazib qöyişni taklif qilişadi. Bizdan pul oliş uçun atay «sun'iy navbat» taşkil qilinyapti. Nahotki, xizmatçilarni köpaytirib, jarayonni tartibga solişning ilojisi yöq. Mutasaddilar bu holatga e'tibor qaratişsa bölar edi», deyiladi murojaatlardan birida.

Qayd etiş joiz, savdogarlar Qorasuv bozoridan asosan Xitoyda işlab çiqarilgan smart televizorlar, kir yuviş maşinalari, turli maişiy texnika vositalari va kiyim-boş olib ötişadi.
















