O‘zbekiston | 16:30 / 12.02.2018
8556
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Inha universitetiga bordi

Foto: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

12 fevral kuni Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi Koreya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida, Kim Dong Yon Toshkentdagi Inha Universitetiga bordi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Oliy ta'lim muassasasi rektori S.Babaxo‘jayev mehmonni universitet faoliyati bilan tanishtirdi, hudud bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi. Shundan so‘ng Kim Dong Yon OTM talabalariga ma'ruza o‘qidi. U o‘z hayoti, Jahon bankida ishlagan davri, prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha kotibi, shuningdek, Adju Universiteti rektori sifatidagi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Foto: Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Bosh vazir o‘rinbosari ma'ruza chog‘ida Koreyadagi iqtisodiy vaziyatga ham alohida e'tibor qaratdi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini tilga olib o‘tdi. 

Mavzuga oid