Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston – Tojikiston chegarasidagi «Andarxon» posti o‘z ishini tikladi
10 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida Tojikiston bilan chegaradagi «Andarxon» nazorat-o‘tkazish punkti ochildi. Bu haqda «O‘zbekiston24» telekanalining «Axborot24» dasturida xabar berilgan.
Lavhada ta'kidlanishicha, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida sakkiz yil ilgari yopilgan «Andarxon» xalqaro nazorat-o‘tkazish punktida chegaraoldi aholisi uchun soddalashtirilgan tartibda chegaradan o‘tish tizimi joriy qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yil o‘tkazilgan O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyalarining yig‘ilishida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muhokama qilinib, uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning harakatini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun tariflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi mavjud yo‘llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog‘liq ko‘plab masalalar bo‘yicha kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikiston bilan temir yo‘lni qayta tiklashga kirishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026