
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 10 fevral soat 12.30da “Paxtakor” MFY Gulbahor köçasi 13/11-uyda yaşagan, 1970 yilda tuğilgan X.Zoirov boşqaruvidagi VAZ-2107 rusumli avtomaşinasida “Yangiyer-Çimqörğon” 4R-32 yölining 3164-piket qöriqlanmaydigan temir yöl kesişmasidan ötişga uringan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, u bu jarayonda 3601-sonli yuk poyezdi bilan töqnaşib ketgan. Natijada VAZ-2107 avtomaşinasi haydovçisi X.Zoirov jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Maşinada bölgan yölovçi F.Törayev esa kasalxonaga yotqizilgan.















