Turkiya poytaxti Anqara ma'muriyati AQŞ elçixonasi qarşisidagi köçani qayta nomlaşga qaror qildi. Bu haqda Anqara meri Mustafo Tuna ma'lum qildi. Köçaga Turkiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi “Zaytun şoxi” nomi berilmoqçi.
“Biz AQŞ elçixonasi yonidagi Nevzat Tandöğan köçasini “Zaytun şoxi” köçasiga özgartiriş böyiça tegişli taklifni tayyorladik. Bu keça biz taklifni şahar kengaşiga beramiz. Jafokaşlarimizning ruhlari şod bölsin”, deb yozgan mer.
Köça AQŞ elçixonasi şimoliy devori böylab ketgan va uzunligni 400 metrni taşkil qiladi. Köçaning qayta nomlanişi rasmiy sabablari keltirilmagan, biroq taklif qilinayotgan yangi nom Anqara va Vaşingtonning Suriyadagi operatsiya sababli munosabatlaridagi keskinlik tufayli berilmoqda.
Hurriyet gazetasining ma'lum qilişiça, bu qaror Turkiya AQŞ Suriyada kurd jangçilariga berayotgan kömagiga norozilik bildirişi bilan boğlangan.
Turkiya 20 yanvardan beri Suriyaning Afrinida kurd qurolli tuzilmalari – “Xalq mudofaasi kuçlari” va “Demokratik ittifoq” otryadlariga qarşi harbiy amaliyot olib bormoqda. Bu yerda 1,5 mln kurd va Suriyaning boşqa joylaridan kelgan qoçqinlar yaşaydi.

















