Özbekiston bilan Janubiy Koreya örtasida maslahatlaşuv kengaşi taşkil etiladi. Bu Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST)ga a'zo bölişiga yordam beradi. KUN.UZ muxbiri Xalqaro biznes markazida bölib ötgan Iqtisodiy hamkorlik masalalari böyiça Özbekiston-Koreya birinçi qöşma yiğilişida berilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Ta'kidlaş joizki, şu kunlarda Koreya rasmiylari va sarmoyaçilaridan iborat delegatsiya mamlakat boş vazir örinbosari Kim Dong Yon boşçiligida Özbekiston tomon bilan qator muzokaralar ötkazmoqda. 

Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vazirligi rahbari Jamşid Xöjayev 13 fevral kuni Xalqaro biznes markazida bölib ötgan yiğilişda bugungi kunda Özbekistonda taşqi savdo liberallaşuviga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilayotganini qayd etdi. Uning ta'kidlaşiça, mazkur taşrif davomida tomonlar qisqa muddatlarda maslahatlaşuv kengaşini şakllantiriş va Özbekistonning JSTga a'zo bölişi uçun zarur çora-tadbirlarni işlab çiqiş böyiça yiğiliş ötkazişga kelişib olişgan. 

Bugungi kunda Özbekiston Jahon savdo taşkilotda kuzatuvçi sifatida qatnaşib keladi.