Pavlodarlik politsiya xodimlari viloyat markaziga bir neça ön kilometr qolganda buzilib qolgan reysli avtobus yölovçilariga yordam berdi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda.
Avtobus salonida Rossiyaga yöl olgan 55 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan. Yöl-patrul politsiyasi bergan ma'lumotga köra, avtobusni Döstlik qişloği yaqinida körib qolişgan. Barça kerakli çoralarni körgan politsiya xodimlari yölovçilarni qişloqdagi maktabga olib borişgan. U yerda yölovçilar isinib, ovqatlanişgan. Özbekiston fuqarolari yölni boşqa avtobusda davom ettirişgan. Ular Rossiya Federatsiya çegarasiga yetkazilgan va u yerdan yölovçilarni Rossiya avtobusi olib ketgan.
Bunday holat yil boşidan buyon Pavlodarda uçinçi marotaba sodir bölmoqda. Barça holatlarda Qozoğistondan tranzit bilan ötayotgan xorijlik fuqarolarga yordam berilgan.















