Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ayolni o‘limdan qutqarib qolgan O‘zbekiston fuqarosi mukofotlanadi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, 2018 yil 31 yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida ro‘y bergan yong‘in paytida Samarqand viloyatilik hamyurtimiz Nuriddin Qirg‘izov olov og‘ushida qolgan uyni ko‘rib, u yerdan keksa ayol – Rossiya fuqarosiga yordam berishga oshiqdi va o‘zi ham jarohatlandi.
Ayni paytda Qirg‘izovga tibbiy yordam ko‘rsatilayapti va u Moskva viloyati Pushkino shahridagi V.Rozanov nomli tuman shifoxonasi jonlantirish bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazildi. Uni elchixonaning konsullik bo‘limi xodimi borib ko‘rdi.
Bir ayolni yong‘indan qutqarib qolishda qahramonlik ko‘rsatgan Nuriddin Qirg‘izov mukofotga tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Pushkino shahar ma'muriyati xabariga asoslanib ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026