Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili GFR kansleri Angela Merkeldan Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoga qarşilik körsatişda yordam söragani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Seşanba kuni Germaniyaning Bild naşri Mixail Saakaşvili Germaniya kansleri Angela Merkel hamda YeIdan yordam söragani haqida xabar tarqatdi. Saakaşvilining sözlariga köra, Kiyevda unga niqob kiygan erkaklar hujum qilib, uni xususiy samolyotda Polşaga olib çiqib ketişgan. Saakaşvili bu işning ortida Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko turibdi degan fikrda. «Agarda Yevropa ittifoqi va birinçi navbatda Angela Merkel nimadir qilmaydigan bölsa, Ukraina vayron böladi. Poroşenko bu mamlakatni vayronaga aylantirmoqda hamda meni uzoqroqqa yuborişni xohlamoqda, sababi men korrupsiyani foş etmoqdaman», - deya aytib ötdi Saakaşvili.
"Kantsler haqidagi bu ma'lumot qayerda paydo bölganini tuşuna olmayapman, sizlarga bu haqda kim aytdi. Men Merkel bilan yaxşi tanişman, biroq unga murojaat qilmadim", - deya ma'lum qilgan Saakaşvili Gruziyaning "Rustavi 2" telekompaniyasi efirida.












