AQŞ senati immigratsiya böyiça törtta qonun loyihasini rad etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Loyihalardan birortasi ham kerakli bölgan 60 ovozni töplay olmadi. Körib çiqilayotgan variantlar orasida AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi, şuningdek, Respublikaçilar va Demokratlar partiyasi tomonidan birgalikda tayyorlangan loyiha ham bor edi.

Oq uy törtta loyiha muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan söng immigratsiya islohoti muhokamasini AQŞ kongressi vakillar palatasiga olib ötişni taklif qildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda AQŞ immigratsiya islohotining ustuvor yönalişlarini ma'lum qilgandi. “Mening ma'muriyatim xavfsiz, zamonaviy va qonuniy immigratsiya tizimini yaratiş uçun uçta asosiy ustuvor yönalişni belgilab oldi: çegaraning töliq ta'minlanişi, zanjirli migratsiya töxtatilişi va viza lotereyasi bekor qilinişi”, deb yozdi Tramp.