Facebook asosçisi Mark Tsukerberg rafiqasi Pristsilla Chan bilan birgalikda asos solgan Chan Zuckerberg Initiative xayriya jamğarmasiga investitsiya qiliş uçun özining aksiyalarini sotmoqda. Jamğarma olimlar, ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni qöllab-quvvatlaydi.
Tsukerberg bir hafta içida 108 mln dollarlik aksiya sotgan. Aslida bunda heç qanday noodatiy narsa yöq. U avval ham aksiyalarini sotib turgan. Biroq bu gal Chan Zuckerberg Initiative matbuot kotibining aytişiça, şu tariqa jamğarmaga mablağlar kiritilişi boşlanmoqda.
Recode naşrining yozişiça, keyingi 13 oy davomida Tsukerberg umumiy hisobda 13 mlrd dollarlik aksiyalarini sotişi mumkin. Barça mablağ jamğarmaga yönaltirilişi kerak.
Ma'lumot uçun, hozirda Tsukerbergning boyligi 72,4 mlrd dollarga baholanmoqda va u bu körsatkiç bilan dunyoning 5-raqamli eng boy odami bölmoqda. Avvalroq juftlik özlarida bölgan Facebook’ning 99 foiz aksiyasini jamğarmaga ötkazişga va'da bergandi.
Tsukerberg jamğarmani 2015 yil dekabrda işga tuşirganda, har yili 1 mlrd dollardan oşmaydigan aksiyalar sotişini aytgan. U ikki yil içida jamğarmaga 1,6 mlrd dollar xayriya qilgan. Biroq u 2017 yil sentabrda rejasini özgartirib, yaqin 13 oy içida 35 mlndan 75 mlntagaça aksiyasini sotişini ma'lum qilgan. Naşr aynan şu ma'lumotga tayanib, 13 mlrd dollarlik qiymatni olgan.
Agar Tsukerberg maksimal darajada saxovatpeşalik qilişni istasa, unda jamğarma 13 mlrd dollarga boyiydi.

















