14 fevralda AQShning Parklend shahridagi maktabda 17 kishini otib tashlagan Nikolas Kruz 9 oy avval 1966 yilda Texasda sodir etilgan ommaviy qotillikni takrorlashga va'da bergani ma'lum qilindi. O‘sha hujumda ham 17 kishi halok bo‘lgan.

AQShning zamonaviy tarixida birinchi ommaviy qotil deb hisoblanuvchi Charlz Uitmen 1966 yil 1 avgustda Texas universitetidagi 28 qavatli minoraning eng yuqorisida o‘rnashib olib, u yerdan ko‘chadagi odamlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda 17 kishi uning qurboniga aylangan.

“Men ham shuni qilmoqchiman”, deb yozgan Kruz YouTube’da Uitmen haqidagi filmga qoldirgan izohida. Bu izohning skrinshotini TMZ portali keltirdi. 3 oydan keyin esa Kruz filmga qoldirilgan izohlar davomida antifashistlar nomiga tahdid bildirgan.