Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxlislarga bayram muhitini yaratish uchun Uzbek Tigers janglari Termizda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Foto: Illyustrativ foto
Butunjahon boks seriyasida (WSB) ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi navbatdagi ikkita jangini O‘zbekistonda o‘tkazilishi ma'lum qilingandi.
Rejaga ko‘ra, janglar Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgandi. Ammo bu janglar Termizda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
MOQ matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ikkala jang ham Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, 27 fevral kuni Kubaning «Cuba Domadores» klubi mehmon bo‘lsa, 1 mart kuni Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Har ikkala uchrashuv O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi.
Qo‘mita rasmiy saytida janglarning nega Termizda o‘tkazilmasligiga «mazkur bellashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish, muxlislarga xaqiqiy sport bayrami muhitini yaratish maqsadida janglarni Toshkentda o‘tkazish qarori qabul qilindi», deya izoh berib o‘tilgan.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025