AQŞda 550 mingga yaqin boşpanasiz sovuqda omon qolişga harakat qilmoqda. Oxirgi kunlarda AQŞda havo harorati rekord darajada pasayib ketdi.
2017 yil statistikasiga köra, AQŞdagi boşpanasizlarning 68 foizi – 374 ming kişi priyutlarda jon saqlasa, qolgan 32 foizi – 172 ming kişi köçada jon saqlaşiga töğri kelmoqda.
AQŞning boşpanasizlarga yordam beriş milliy jamiyati ma'lumotlariga köra, boşpanasizlar eng köp miqdorda Nyu-York va Nyu-Jyersida yaşaydilar. AQŞning bu hududi aholisi 20 mln kişidan köproqni taşkil qiladi. Bu yerda 86 ming boşpanasiz bor.
Nyu-Yorkda boşpanasizlar Times Square, Brodvey va butiklar joylaşgan Beşinçi avenyuda mujassamlaşgan.

Ular Grand Central stansiyasida fuqarolarga eşiklarni oçişda yordam berib, içkaridan ufuruvçi issiq havoda qöllarini isitadilar.
Nyu-Yorkning eng gavjum stansiyalaridan biri Port Authority’da boşpanasizlar sovuqdan saqlaniş uçun adyollarga öranib yoki uxlaş qopçalarida uxlaydilar.
Sovuq tunni stansiya va vokzallarda ötkazişga urinuvçi boşpanasizlar politsiyaning tajovuzkor harakatlariga duç keladilar.


















