Jamiyat | 13:36 / 18.02.2018
11249
2 daqiqa o‘qiladi

“Leykoz bilan og‘rigan bolalar uchun” aksiyasi doirasida bemorlarga navbatdagi dori-darmonlar yetkazildi

Foto: Kun.uz

Inson zoti borki, yaxshilikka intilib yashaydi. Yaxshilikdek ulug‘vor amallar qilishga harakat qiladi. Kuni kecha KUN.UZ tahririyati “Leykoz bilan og‘rigan bolalar uchun” xayriya aksiyasini boshlagan va barchani mazkur aksiyada musobaqalashishga chorlagan edi. “Turon” aksiyadorlik tijorat banki ham mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Gemotologiya qon quyish ilmiy markazi bilan hamkorlikdagi ijtimoiy loyiha doirasida ushbu bank homiyligida bir qancha bemorlarga moddiy yordam berildi. Ular eng kerakli dori-darmonlar bilan ta'minlandi. 

Bu xayirli amal shifoxonada davolanayotgan bemorlarga qancha foyda keltirdi. Bolalarning onalari ko‘zida yosh ila ushbu yaxshilikka bosh qo‘shgan barchani chin yurakdan duo qilishdi, ishlariga rivoj, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik tilashdi.

Har gal bolalarning ko‘zlariga qarar ekansiz qorachiqlardagi mungli manzara yuragingizni tilkalaydi. Nailoj, bu – hayot, taqdir snovlari... KUN.UZ tahririyati leykoz bilan og‘rigan bolalarning shifo topishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Shu o‘rinda, saxovatpesha insonlarni xayriya aksiyamizda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Aktsiya davom etadi...

 

Mavzuga oid