Tojikistonda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga ingliz tilini örganiş va xorijiy sayyohlar bilan muloqot qilişda odob-axloq normalariga rioya etiş majburiyati yuklatildi.
Içki işlar boşqarmalari va bölimlarida ingliz tilini örganiş böyiça kurslar taşkil etildi, deb xabar bergan Tojikiston Içki işlar vazirligining matbuot kotibi Umarjoni Imomali.
«Vazir barçaga çet elliklar bilan muloqot qiliş odobini örganiş va ingliz tilini öqiş haqida topşiriq berdi. Maşğulotlar ma'lum bir kunlar va soatlarda jadval asosida ötkazilmoqda hamda xodimlar böş vaqtlarida ularga taşrif buyurişi kerak. Bizning xodimlarning aksariyati rus tilini bilişadi va, albatta, ular nafaqat sözni tuşunişlari, balki ingliz tilida sayyohlar bilan ham muloqot qilişsa ham maqsadga muvofiq bölar edi», - deya aytib ötdi Tojikiston Içki işlar vazirligi vakili.
Tojikiston hukumati sönggi yillarda mamlakatni sayyohlik uçun jozibador qilişga intilmoqda. Şu maqsadda ötgan yili yangi tuzilma - Tojikiston Respublikasi hukumati qoşida Turizmni rivojlantiriş qömitasi taşkil etildi. Imomali Rahmon esa 2018 yilni Sayyohlik va xalq hunarmandçiligini rivojlantiriş yili deb e'lon qildi.
















