Amerikalik fiziklar yoruğlikning yangi şaklini olişga muvaffaq böldilar. Ularga buning uçun fotonlarni sekinlaştirib, bir-birlari bilan özaro ta'sirlaşişga majbur qilişga töğri keldi, deb xabar bermoqda Science Daily.
Oddiy yoruğlik nurlarida fotonlar deyarli bir-birlari bilan ta'sirlaşmaydilar. Biroq AQŞning Massaçusets universiteti fiziklari fotonlarni özaro ta'sirlaştira oldilar. Buning uçun ular lazer nurini rubidiyning sovuq atomlari buluti orasidan ötkazdilar. Rubidiy atomlari fotonlarga birlaşişga, yangi xususiyatlarga ega bölişga va yoruğlikning yangi körinişiga aylanişga yordam berdi.
Yoruğlik zarralari – fotonlar bir-birlari bilan ikkitadan (dimer) va uçtadan (trimer) bölib birlaşdi.
Şundan keyin olingan zarralar oqimi yoruğlikning normal nuriga nisbatan 100 marta sekinlaşdi. Normal nurda fotonlar soniyasiga 300 ming km tezlik bilan harakatlanadi.
Olimlar ixtirolarining foydali jihatlari haqida gapirar ekanlar, trimerli yoruğlik oqimi yordamida kvant qurilmalarida axborot uzatiş samaradorligini oşiriş hamda gravitatsion tölqinlarni qayd qilişda şovqinni pasaytiriş mumkinligini ta'kidlab ötdilar.

















