Amerikalik olimlar tunda osmonni ifloslantiruvçi sun'iy yoruğlik manbalarini aniqladilar. Ular 10 kun davomida soat 01:30 da sun'iy yöldoş orqali tungi osmonni kuzatdilar.

Tadqiqotçilar umumiy yoruğlik zaharining qança qismiga tungi köça çiroqlari sabab bölişini aniqlaşga örindilar. Sun'iy yoruğlikning özi inson uyqusi va soğliğiga salbiy ta'sir qilişi esa allaqaçon isbotlangan.

Sun'iy yoruğlikning asosiy qismi tungi köça çiroqlari emas, balki reklama, svetofor, binolar, avtoturargoh va sport maydonlarini yoritişga sarflanadi.

«Köp odamlar iqlimdagi favqulodda vaziyat haqida gapirişadi, lekin heç qaçon yoruğlikdan ajraladigan zahar haqida eslaşmaydi. Keçqurun ortiqça çiroqlarni öçirib ham elektr zaharini, ham uning quvvatini tejaş mumkin», deydi Germaniya geologiya ilmiy markazi doktori.

Xalqaro Dark Sky assotsiatsiyasining taxminiga köra, sun'iy yoruğlikni notöğri yönaltiriş sabab uning 35 foizi isrof böladi. Ma'lumot uçun, AQŞda har yil tunda köça va binolarni yoritiş uçun 3 milliard dollar sarflanadi.

Şahar çiroqlari aksariyat odamlarning heç qaçon tabiiy qoronğu tungi osmonni körmasligiga sabab böladi. 2016 yilgi tadqiqotga köra, dunyo aholisining 80 foizi tungi osmonning tabiiy holatini körolmaydi.