Oftalmologlar quyoşdan himoyalovçi közoynaklarni taqişni tavsiya qilişmaydi, zero bu insonning köriş qobiliyatiga salbiy ta'sir körsatadi. Yoruğlik köz atrofidagi muşaklarga ijobiy ta'sir qilib, qon aylanişini yaxşilar ekan. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi.
Şifokorlar köz törpardasi uçun quyoş vannalari qabul qilişni tavsiya qilişadi. Şunday qilingan taqdirda, kuçli yoruğlikda yuzaga kelişi mumkin bölgan oğriqlarning oldini oliş mumkin. Amerikalik psixolog Jyeykob Libermanning sözlariga köra, közlar nafaqat köriş organi, balki quyoş nurlarini inson tanasiga ötkazadigan "deraza" ham hisoblanadi. Bu şifokor yoruğlik yordamida kasalliklarni davolaş uslubiga asoslanib, 15 ming bemorni davolaşga muvaffaq bölgan. Liberman onkologik kasalliklar va köriş bilan boğliq muammolari bölgan odamlarni davolagan.
Oftalmologlar bunga misol sifatida quyoşga tik boquvçi burgutlarni keltirişadi. Burgut közlarining ötkirligi bilan ham maşhur. Quşlardan farqli ölaroq, yer ostida yaşovçi va tunda uyğoq yuruvçi jonivorlar köriş qobiliyatining sustligi bilan ajralib turadi. Olimlar odamlarga quyoşdan himoyalovçi közoynaklardan kamroq foydalanişni tavsiya qilişmoqda. Agar inson qandaydir sabablarga köra yoruğlikni "kötara olmasa", yaxşisi katta şlyapa olgan ma'qul.

















