Yonğin tufayli Özbekistonning 52 fuqarosi fojiali ölimiga sabab bölgan avtobus texnik nosoz bölgan. Bu haqda Qozoğiston içki işlar vaziri Kalmuxanbet Qosimovning mamlakat parlamenti deputatlari söroviga javobida aytiladi.

Ta'kidlanişiça, vazirlik tergov departamenti Aqtöbe oblastida 52 kişining halok bölişi holati yuzasidan Qozoğiston JKning 345-moddasi 4-qismi va 348-moddasi 4-qismi böyiça jinoiy işlar qözğatgan.

«Tergov bilan aniqlanişiça, Çimkent-Samara avtotrassasining 1068-kilometrida avtobus texnik nosozlik tufayli harakatlanişdan töxtagan. Avtobus haydovçilari bu haqda tezkor xizmatlarga xabar bermay, yölovçilar xavfsizligi böyiça çoralar körmay, Qozoğiston Investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yölovçilar va yuklarni olib ötiş qoidalari»ni buzgan holda yoqilgan kavşar lampa yordamida transport vositasi salonini isitişni boşlaşgan, u yerda ehtiyotsizlik tufayli oçiq idişdan tökib yuborilgan benzin sababli yonğin yuz bergan. Ayni damda avtobus haydovçilari Pernebekov M.F., Qirğizboyev N.A. hamda Tanatov B.M. jinoiy javobgarlikka tortilmoqda, ularga qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi, uning davomida texnik nosoz avtobusning yönalişga çiqarilişi sabablari, şartlari va asoslari aniqlanadi. Tergov yakuni böyiça çoralar köriş uçun tegişli davlat, vakolatli organlarga taqdimnoma kiritiladi», - deyiladi javobda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Aqtöbe fojiasining asl sabablarini ma'lum qilgandi.