Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosining lotin yozuvi asosidagi yangi versiyasini ma'qullovçi farmonga imzo çekdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

2017 yilning oktabrida Nazarboyev qozoq tili alifbosini 2025 yilgaça lotin yozuviga bosqiçma-bosqiç ötkaziş haqida farmonni imzoladi. Öşanda 32 harfdan iborat bölgan lotin grafikasidagi qozoq tili alifbosi tasdiqlandi. Ammo köplab mutaxassislar va oddiy fuqarolarning fikriga köra, unda öqiş hamda yozişni qiyinlaştiradigan ajratiş belgilari köp qöllangan.

Prezident tomonidan tasdiqlangan yangi alifbo ham 32 harfdan iborat bölib, unda ajratiş belgilari soni kamaygan va digraflar (sh, ch) kiritilgan.